Tashkent, June 20 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati Ko'kdala tumani ma'muriy markazidagi ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Bu tuman davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aholiga qulayliklar yaratish, urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish maqsadida uch yil avval tashkil etilgan edi. Shundan so'ng hudud rivoji jadallashib ketdi. Bugun Yettitom yaqinida yangi shahar paydo bo'lmoqda.

Avvalo, 120 kilometr suv, 210 kilometr elektr tarmog'i qurilib, zarur infratuzilma yaratildi. Yo'llar kengaytirilib, ta'mirlandi. Ma'muriy binolar, 19 ta maktab, 22 ta bog'cha, ko'p tarmoqli shifoxona va oilaviy poliklinika barpo etildi.

E'tiborlisi, tuman hokimligi binosi mamlakatimizda yangi tajribaning boshlanishi bo'ldi. Bu ...