Tashkent, June 11 -- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda "Amea Power", "Etihad Water & Electricity", "TAQA Water Solutions", "AD Ports" va "Masdar" kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Suhbat avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum, Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O'zbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyidagi...