Tashkent, May 16 -- 19-22-may kunlari prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbekiston yetakchisi Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.

Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari o'rin olgan.

Mamlakat rahbari 21-may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni Lyublyana shahrida Sloven...