Tashkent, June 17 -- Qozog'iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich To'qayevga samimiy qabul va "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammiti yuqori darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi hurmatli Si Szinpin janoblariga mintaqa davlatlari bilan do'stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qat'iy sodiqligi uchun tashakkur aytaman.

Sizning "Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarini o'zaro hurmat, o'zaro ishonch va o'zaro yordamga asoslangan ko'p asrlik do'stlik va sheriklik rishtalari hamda yaqin aloqalarni o'rnatish va yuqori sifatli hamkorlikni rivojlantirishga bo'lgan intilish bog'lab turadi", degan so'zlaringizni to'liq qo'llab-quvvatlayman.

Yaqinda nis...