Tashkent, June 16 -- Prezidentimiz vazirlik va hokimliklar ishidagi muammolarni tahlil qildi.

Har bir tumandagi 40 dan ziyod tashkilotda o'rtacha 500 nafar xodim ishlaydi. Ularning viloyatda idorasi ham, boshlig'i ham bor.

Ayrim tuman tashkilotlari oddiy-oddiy masalalarni hal qilish uchun viloyatdan, ular esa respublikadan ruxsat olishi kerak.

Masalan, Qumqo'rg'on markazidagi temir yo'lida har kuni 20 marta yopiladigan "shlagbaum" 200 metr nariga ko'chirilsa, 8 ming avtomobil uchun tirbandlik yo'qoladi. Lekin, bunga na tuman, na viloyat hokimini vakolati bor. "O'zbekiston temir yo'llari"dan ruxsat olish kerak.

Yoki, "Termiz-Sariosiyo" temir yo'lining yarmi elektrlashmagani uchun elektrovoz 1,5 soat sarflaydigan manzilga teplovozlar 3 ...