Tashkent, June 21 -- Dunyodagi eng yirik innovatsion megapolislardan biri - Xitoyning Shanxay shahrida O'zbekiston raqamli texnologiyalar markazining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

O'zbekiston raqamli texnologiyalar markazining ochilishi raqamlashtirish, yuqori texnologiyalar va innovatsion rivojlanish sohasidagi O'zbekiston-Xitoy hamkorligini mustahkamlashda muhim qadam bo'ldi.

Markaz O'zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan Xitoyning "Shanghai Oriental Credits" kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Loyiha axborot texnologiyalari sohasidagi kompaniyalar, investorlar, ekspertlar hamda O'zbekiston va Xitoyning ilmiy va ta'lim muassasalari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri hamkorl...