Tashkent, April 18 -- Hozirda qandolatchilik va salqin ichimliklar tarmog'i mahalliy sanoatning drayveriga aylanib ulgurgani va ularni qo'llab-quvvatlash muhimligi ta'kidlandi.

Shu bois shakarga aksiz to'lovi bekor qilinishi belgilandi. Quruq sut importiga qo'yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi.

Buning hisobiga qariyb 40 ming odam ishlaydigan 5,5 ming qandolat va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalarning yillik aylanmasi kamida 50 trillion so'mga yetadi.

Hozirda 2,5 mingga yaqin restoran va kafe QQS to'lamoqda. Yil boshidan ularga QQSning 20 foizdan 40 foizgacha qismini keshbek sifatida qaytarish tizimi joriy qilingan edi. Lekin, hozirgacha bu imtiyozdan bor-yo'g'i 69 ta umumiy ovqatlanish korxonasi foydalangani ko'rsatib o't...