Tashkent, May 28 -- 28-may kuni Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisida O'zbekistonda gibrid avtomobillardan ekologik sertifikat talab etilishi masalasi ko'rib chiqildi.

Senator Anvar To'ychiyev may oyi boshida Yevro-5 yoki Yevro-6 ekologik standartidagi elektrodvigatellar bilan jihozlangan gibrid avtomobillarni rasmiylashtirishda bojxona organlari Yevro-4 ekologik toifasidan kam emasligini tasdiqlovchi sertifikat talab qilgani e'tirozlarga sabab bo'lgani, bu bo'yicha Ekologiya vazirligiga so'rov hamda Bojxona qo'mitasiga xat chiqarilganini qayd etdi.

Majlisda senator so'rovi bo'yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirining birinchi o'rinbosari Obidjon Qudratov javob berdi.

U hukumatning 2020-yi...