Tashkent, June 5 -- Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi Haj marosimlari boshlanishi arafasida Ruxsatsiz hajga yo'l qo'ymaslik kampaniyasi doirasida Haj qoidalarini buzgan 75 mingdan ortiq kishini hibsga oldi.

Jamoat xavfsizligi bosh direktori, general-leytenant Muhammad al-Bassamiy Makkaga kirish uchun haqiqiy ruxsatnomaga (Haj vizasi) ega bo'lmagan 269 mingdan ortiq kishi orqaga qaytarilganini va qariyb 76 ming qoidabuzar hibsga olinganini tasdiqladi. Endi ularni deportatsiya, jarima va 10 yil davomida mamlakatga kirishining taqiqlanishi kabi jazo choralari kutmoqda.

Al-Bassamiy so'zlariga ko'ra, shuningdek, 252 ta soxta Haj shirkati, 1239 ta qoidabuzar tashuvchi aniqlangan, qariyb 110 mingga yaqin transport vositasi talabga javo...