Tashkent, April 29 -- Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo mahalliy aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. Aeroport 29-aprel kuni "Silk Avia" aviakompaniyasining ATR-72-600 samolyotida amalga oshirilgan birinchi texnik parvozini qabul qildi.

Aeroport aerodromining sun'iy sirtki qismi kapital ta'mirlandi, ya'ni uzunligi 1550 metr, eni 35 metr bo'lgan uchish-qo'nish yo'lagining butun uzunligi bo'ylab ikki qatlamda, yurish yo'lagi hamda ikkita ATR-72-60 samolyoti uchun to'xtash joylari mavjud perroni asfalt-beton bilan mustahkamlandi.

"Sariosiyo aeroporti aerodrom majmuasi uchish-qo'nish yo'lagining uzoq muddatli faoliyati (1976 yildan), shuningdek, zarur darajadagi parvozlar xavfsizligini ta'minlash hamda ATR-72 rusumli va qu...