Tashkent, June 16 -- Qirg'izistonda o'tgan IX xalqaro "Qirg'iziston gavhari" sport o'yinlarida bokschilarimizning 7 ta oltin medalga sazovor bo'lishi ortidan yurtimiz sambochilari ham muvaffaqiyatga erishdi.

Yoshlar va o'smirlar terma jamoasidan tashkil topgan sambochilarimiz umumiy hisobda 2 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqdi. Shundan yoshlarimiz 1 ta oltin va 1 ta kumush medal, o'smirlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Nufuzli musobaqada Shohrux Nasibullayev, Islom Abduzokirov, Vladislav Orlov, Abdumalik Abduqodirov, Rustam Gaziyev, Ruslan Shokirov, Asilbek O'rinov, Fazliddin Azizjonov va Ibrohimjon Xayrullayev O'zbekiston sport sharafini ulug'ladi.

Published by HT Digit...