Tashkent, June 13 -- Samarqand viloyatida Isroilning Tel-Aviv shahriga uchadigan aviareys bekor qilindi. Bu haqda Air Samarkand xabar berdi.

Unga ko'ra, Tel-Aviv Ben-Gurion aeroporti va mintaqa havo makonining vaqtincha yopilishi munosabati bilan 15-iyun kungi 9S 501/502 Samarqand-Tel-Aviv reysi bekor qilindi.

Isroilga boshqa sanalardagi reyslar haqida qo'shimcha ravishda xabar berilishi aytildi.

Reysi bekor qilingan barcha yo'lovchilar oldindan e-mail orqali, shuningdek chiptalarni xarid qilgan joylarda - kassalar va sayyohlik agentliklarida xabardor qilinadi.

Agar sizda ushbu reysga chipta bo'lsa, siz:

to'liq pulni qaytarib olishingiz, yokiparvozni boshqa sanaga ko'chirishingiz mumkin.

Published by HT Digital Content Services with...