Tashkent, June 9 -- Samarqand shahrining Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi, shuningdek, "Imom Moturidiy" yodgorlik majmuasida rekonstruksiya-restavratsiya qilish, qo'shimcha binolar qurish hamda hududni obodonlashtirish ishlari boshlanadi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 19-21-may kunlari Toshkent shahrida agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashning yig'ilishi o'tkazilgan. Unda 120 ga yaqin loyiha ko'rib chiqilgan.

Ilmiy-ekspert kengashining qaroriga ko'ra, Samarqand shahar, Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasini restavratsiya va tiklashga yodgorlikning bezaklariga ziyon yetkazmaslik sharti bilan ruxsat berilgan. Shuningdek, Samarqand viloyatida ...