Tashkent, May 14 -- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidan oqib o'tuvchi "Oqdaryo" daryosining muhofaza etiladigan hududida navbatdagi reyd tadbiri o'tkazildi.

Reyd davomida daryo hududida "M.T." fermer xo'jaligi vakillari tomonidan ekskavator va yuk mashinalari vositasida hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda qum-shag'al aralashmasi qazib olingani aniqlandi.

Natijada "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonunning 18-moddasi hamda "Yer osti boyliklari to'g'risida"gi qonunning 35-moddasi talablari buzilgan. Tabiatga 137 milliard 472 million 370 ming 649 so'm zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan ekskavator va...