Tashkent, April 24 -- 24-aprel kuni "Silk Road Samarkand" majmuasining Kongress markazida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o'tkazdilar.

Uchrashuv avvalida Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O'zbekiston bilan Turkmaniston o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.

Ko'p qirrali hamkorlik barcha yo'nalishlarda, shu jumladan siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqti...