Tashkent, May 1 -- Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasiga Kattaqo'rg'on Davlat o'rmon xo'jaligi o'rmon fondi hududining ma'lum qismi yoqib yuborilganligi haqida murojaat kelib tushdi.

Holat viloyat ekologiya boshqarmasi, tuman hokimligi, prokuratura va mas'ullar ishtirokida joyiga chiqqan holda o'rganildi. Natijada o'rmon xo'jaligi hududining 10,5 gektar maydonida yong'in bo'lganligi hamda 7,4 gektar yer maydoni yong'indan zararlangani ma'lum bo'ldi.

Ushbu qonunbuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonunning 20-21-moddalari, "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi Qonunning 37-moddasi hamda "O'rmon tog'r...