Tashkent, May 30 -- Samarqand viloyatida Istanbulga uchayotgan fuqaro qadimiy tilla tangalarni yashirincha olib ketmoqchi bo'ldi. Bu haqda Bojxona qo'mitasi xabar berdi.
Keltirilishicha, Samarqand xalqaro aeroportida bojxona xodimlari Istanbulga parvoz qilayotgan yo'lovchilardan biri 2 dona qadimiy tilla tangalarni yashirincha olib chiqib ketayotgan vaqtida fosh qilindi.
Tangalar 1923-yilda Turkiya Jumhuriyatida zarb qilingan 100 kurush va 65 kurush ekani aniqlandi. Ularning taxminiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra 15 mln so'mni tashkil qilmoqda.
Ma'lumot uchun, O'zbekistondan yaratilganiga 50 yildan oshgan madaniy boyliklar, shu jumladan numizmatika ashyolarini olib chiqish mumkin emas.
Published by HT Digital Content Servic...
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.