Uzbekistan, Feb. 4 -- Samarqand viloyatida chinor kesgan fuqaro tabiatga 115 125 000 so'm zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toyloq tumani "Xo'jayuz" MFYda joylashgan mahalla hovuzi atrofidagi bir tup ko'p yillik o'sib turgan chinor daraxti shu mahallada yashovchi fuqaro S.R. tomonidan hech bir ruxsatlarsiz noqonuniy ravishda kesib tashlagani aniqlangan.

Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor o'rganishlar jarayonida huquqbuzar fuqaro daraxtni noqonuniy tarzda kesib tashlashi oqibatida tabiatga 115 125 000 so'm zarar yetkazgan.

Mazkur holatda o'simlik dunyosiga yetkazilgan zarar...