Tashkent, June 11 -- Samarqand viloyatining Toyloq tumanida 8 iyun kuni ikki kishi tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Hududiy elektr tarmoqlari AJ ma'lumot berdi.
Qayd qilinishicha, Toyloq tumani, Bog'izag'on mahallasidagi savdo do'koniga kuzatuv videokamerasi o'rnatish bilan shug'ullanuvchi firma ishchilari baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan.
Jumladan, ikki nafar xodim ish jarayonida ehtiyotsizlik qilib, metall narvonni Anzur fiderining havo elektr uzatish tarmog'iga tekkizgan. Oqibatda ularni tok urgan.
Ta'kidlanishicha, hozir tegishli tashkilotlar tomonidan holat bo'yicha qo'shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.