Tashkent, May 14 -- Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik ochiq muhokama qilindi.

Xususan, xotin-qizlar tadbirkorligini va ta'lim sohasini qo'llab-quvvatlash tashabbuslari, suv resurslari bilan bog'liq masalalar hamda mintaqalararo aloqalar e'tibor markazida bo'ldi.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....