Tashkent, April 20 -- O'zbekistonlik bokschi Ruslan Abdullayev 20-aprel tonggida professional boksdagi ikkinchi jangini o'tkazib, g'alaba qozondi.

AQSHda "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida Abdullayev filippinlik Jino Rodrigoga qarshi ringga ko'tarildi. To'liq 8 raundlik jang asosan o'zbekistonlik sportchining tashabbusi ostida o'tdi.

To'liq davom etgan bahsda hakamlar bir ovozdan 80-71 hisobida Ruslanning g'alabasini e'lon qilishdi. Shu tariqa u WBA super yengil vazn toifasida "Continental Americas Gold" kamarini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, Abdullayev mart oyida professional boksda debyut jangini meksikalik Xose Valenzuyela Alvaradoga qarshi o'tkazgan va nokaut evaziga g'alaba qozongandi...