Tashkent, April 19 -- 18-aprel, juma kuni Rossiya rublining dollar va yuanga nisbatan kursi 2023-yil iyunidan buyon eng yuqori ko'rsatkichga yetdi. Bu haqda Moskva birjasi saytidagi ma'lumotlar dalolat bermoqda.

Ushbu platformada dollar va yevro bilan savdo qilish AQSh sanksiyalari tufayli 2024-yil iyunidan to'xtatilgan. Biroq, Moskva birjasi indikativ valyuta kurslarini e'lon qilishda davom etmoqda. Unga ko'ra, 18-aprel kuni bir AQSh dollarining bir rublga nisbatan kursi 82,02 ni tashkil qilgan.

Rubl deyarli ikki yil ichida eng yuqori ko'rsatkichga yetdi

2024-yil noyabr oyi oxirida Rossiya valyuta kursi bir dollar uchun deyarli 110 rublgacha pasaydi. Biroq, 2025 yil boshida bir dollar 101,68 rublga teng edi. Jo Bayden ma'muriyati Ross...