Tashkent, April 23 -- Rossiyaning Vladimir viloyati, Kirjach tumanida kuchli portlash sodir bo'ldi. Dastlabki taxminlarga ko'ra, Bosh raketa va artilleriya boshqarmasining (GRAU) 51-arsenalida (11785-harbiy qism) o'q-dorilar detonatsiyasi yuz bergan. Obektda bundan oldin ham portlash yuz bergan, 2022 yil yozidagi hodisada 4 kishi halok bo'lgan edi.

Mahalliy aholi so'zlariga ko'ra, obekt yaqinida gumburlagan ovozlar eshitilgan. O'q-dorilarning parchalari 5 km radiusga sochilib ketgan.

Rasmiylar Kirjach shahriga yo'lni Moskva tomondan to'sib qo'ydi va Barsovo va Mirniy qishlog'idan aholi evakuatsiyasini e'lon qildi.

Vladimir viloyati gubernatori Aleksandr Avdeyev portlash sodir bo'lganini tasdiqladi, ammo bu o'q-dori ombori ekaniga aniql...