Tashkent, April 26 -- Rossiyada ota-onasi yo'l-transport hodisasi oqibatida halok bo'lgan 11 yoshli bola O'zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 14 aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Astraxan viloyatida ikki yengil avtomobil to'qnashuvi tufayli sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida O'zbekiston fuqarosi bo'lgan (2013 yilda tug'ilgan o'g'il bola) B.R. shifoxonaga yotqizilgan. Afsuski, ushbu fojiali hodisa oqibatida bolaning avtomashinada bo'lgan ota-onasi vafot etgan.

Bola yengil jarohat olgan bo'lib, ko'rsatilgan tibbiy yordam tufayli sog'lig'i tiklangandan so'ng, uni O'zbekistonga qaytarish va yaqin qarindoshlari qaramog'iga topshirish masalasi o'rganilgan. Xususa...