Tashkent, May 19 -- O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko'magida Rossiyaning Surgut shahrida oilaviy zo'ravonlik qurboniga aylangan ona va uning uch nafar farzandi O'zbekistonga qaytarildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Bosh konsulxonadan olingan ma'lumotga ko'ra, joriy yilning 15 may kuni Bosh konsulxonaga I.M. turmush o'rtog'i Q.M. tomonidan kuchli bosim va tahqirlarga uchragani sababli doimiy yashash manziliga yuborishda amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.

Mazkur oila 2024 yil may oyida voyaga yetmagan ikki nafar farzand bilan birga Rossiyaning Surgut shahriga kelgan. Mazkur oilaning uchinchi farzandi ushbu shaharda tug'ilgan.

Jabrlanuvchining turmush o'rtog'i Rossiya hududida qonuniy bo'lishi uchun lozim bo...