Tashkent, May 14 -- Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi O'zbekistondagi kichik quvvatli atom stansiyasi uchun reaktor qurilmasi ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda Rossiya korporatsiyasining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Sankt-Peterburgdagi "AEM-Spetsstal" zavodi mutaxassislari - "Rosatom"ning Mashinasozlik bo'limiga qarashli korxona O'zbekistonda qurilishi rejalashtirilgan kichik quvvatli atom elektr stansiyasi uchun RITM-200N reaktor qurilmasini ishlab chiqarishni boshlagan.

Qayd etilishicha, metallurglar ushbu loyiha uchun maxsus legirlangan 205 tonnalik po'lat quyma tayyorlagan. Bu quyma reaktor korpusi flanetsi - ya'ni reaktor blokining yuqori qopqog'i bilan korpusini birlashtiruvchi element ishlab chi...