Tashkent, April 17 -- Rossiyada 2024 yilda 145 kishi davlatga xiyonat (RF Jinoyat kodeksining 275-moddasi) ishlari bo'yicha sudlandi. Bu haqda Sud departamenti ma'lumotlariga tayanib, Vajniye istorii xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu 2023 yilgi ko'rsatkichlardan to'rt barobarga ko'p va zamonaviy Rossiya tarixidagi barcha ko'rsatkichlardan yuqori.

Sudlar bir yil davomida 23 nafar rossiyalikni josuslik (Jinoyat kodeksining 276-moddasi) uchun jazoga hukm etgan - bu 2023 yilga nisbatan 2,5 barobarga ko'p. Yuqoridagi ikki modda bo'yicha sudlangan shaxslar soni qo'shiladigan bo'lsa, Rossiya sudlari o'tgan yili kunora bir kishini xiyonat uchun qamoqqa hukm etgan.

Maxfiy ravishda chet el davlatlari bilan hamkorlik qilish bo'yicha sudlanganlar ...