Tashkent, May 17 -- 16 may kuni Istanbuldagi muzokaralarda Ukraina va Rossiya delegatsiyalari yaqin kunlarda 1000 ga 1000 formatida asirlar almashinuvini amalga oshirishga kelishib oldilar. Bu haqda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari rahbarlari, Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy va Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov uchrashuvdan so'ng gapirdi.

Umerovning so'zlariga ko'ra, to'g'ridan to'g'ri muzokaralar chog'ida prezidentlar Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiyning shaxsiy uchrashuvi ham muhokama qilingan. Ukraina delegatsiyasi rahbarining qo'shimcha qilishicha, Rossiya bilan ehtimoliy yangi muzokaralar yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi.

Medinskiy jurnalistlarga Rossiya tomoni uchrashuv natijalaridan umuman qoniqish hos...