Tashkent, June 21 -- Rossiya Istanbul kelishuvlari doirasida Ukraina Qurolli kuchlari (UQK)ning 1212 nafar askari jasadini Ukrainaga topshirdi va 27 nafar halok bo'lgan harbiyning jasadini qaytardi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy ma'lum qildi.

Istanbul kelishuvlariga ko'ra halok bo'lgan askarlarning jasadlarini topshirish boshlandi. Ukraina Qurolli kuchlarining 1212 nafar askarining jasadini Ukraina tomoniga topshirdik. Rossiya qurolli kuchlarining halok bo'lgan 27 nafar harbiysi bizga qaytarildi, - dedi Medinskiy.

Uning so'zlariga ko'ra, frontdagi og'ir yaralangan asirlarning shoshilinch sanitariya almashinuvi ham boshlanadi. Ish shu kunlarda davom etadi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi...