Tashkent, May 15 -- 15 may kuni Turkiyaning Konya shahrida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Bu haqda "A Haber" xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, yerosti silkinishlari Ukraina delegatsiyasi joylashgan Anqarada ham sezilgan. Delegatsiya Rossiya bilan muzokaralarda qatnashish uchun kelgan edi.

Turkiya Favqulodda vaziyatlar xizmati bergan ma'lumotlarga ko'ra, zilzilaning magnitudasi 5,2 ni tashkil qilgan.

Shu voqea fonida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Anqaradan Istanbulga uchishi kechiktirilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. OAV xabarlariga ko'ra, dastlab uning samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da uchishi kerak edi, ammo hozirda parvoz keyinga ko'chirilgan. Ko'pchilik OAVlar bu kechiktirishni ushbu zilzila bilan ...