Tashkent, June 8 -- 2024-yilda Rossiya O'zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishni sezilarli darajada oshirdi. Bu haqda Interfaks nashri Gazprom'ning yillik hisobotiga tayanib xabar berdi.

2024-yil yakunlariga ko'ra, O'zbekiston ketma-ket ikkinchi yil eksportdan ko'ra ko'proq gaz import qildi. 2023-yilda O'zbekiston mustaqillik tarixida ilk bor gaz eksportchisidan importchisiga aylandi.

O'tgan yili Turkmaniston va Rossiyadan ko'k yoqilg'i importi 2,41 barobarga oshib, $1,67 mlrdni tashkil etdi. Energetika vazirligi ham, Milliy statistika qo'mitasi ham mamlakatga gaz importining fizik hajmlari va mamlakat tarkibini ochiqlamayapti.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....