Tashkent, May 19 -- Italiyada chempionlik va YeChLga to'rtinchi yo'llanma oxirgi turda hal bo'ladi, Angliyada YeChLning 3 yo'llanmasi uchun 5 da'vogar oxirigacha kurashadi, Ispaniyada hech qanday intriga qolmadi. Yakshanba oqshomida Yevropa chempionatlarida ro'y bergan asosiy voqealar, o'yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

Italiya: Yuventus YeChL sari qadam tashladi

Italiyada finishda ikki asosiy masala ham dolzarb - skudetto uchun poyga va Chempionlar ligasiga so'nggi yo'llanma uchun kurash.

Italiya A Seriyasi, 37-turInter - Latsio 2:2Gollar: Bissek 45+2, Dyumrfris 79 - Pedro 72, 90.Inter: Zommer. Acherbi. Bastoni (Zelinski, 90). Bissek. Chalxono'g'li (Zalevski, 90). Mxitaryan (Arnautovich, 90). Barella. Dimarko (Karlo...