Tashkent, April 20 -- Xonanda Rayhon G'aniyeva ijro etgan "Yaxshimasmi" nomli tarona she'r muallifidan ruxsat olinmasdan bastalangani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan xalq orasida "Abdussamiy" taxallusi bilan tanilgan shoir Shoxruh Abduvohidovga tegishli "Yaxshimasmi" hamda "Ertaga boramizmi" nomli she'rlari muallifning ruxsatisiz ijro etilgani yuzasidan huquqiy chora ko'rilishini so'rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o'rganilib chiqilgan.

O'rganish mobaynida taniqli ijodkorlar Rayhon G'aniyeva ijrosidagi "Yaxshimasmi" hamda "Sahar" guruhi solisti Anvar Jo'rayev tomonidan ijro et...