Tashkent, May 2 -- Rossiya hukumati "nodo'st" mamlakatlardan parallel import kanallari orqali kosmetika va parfyumeriya mahsulotlarini olib kirishni taqiqlashga qaror qildi. Bundan buyon Rossiyaga mualliflik huquqi egasining roziligisiz faqat shifobaxsh kosmetika vositalarini olib kirish mumkin, parfyumeriya mahsulotlari esa ro'yxatlardan butunlay chiqarib tashlandi, deb xabar berdi "Interfaks" davlat agentligi 1-may, payshanba kuni Rossiya Sanoat va savdo vazirligining yangilangan ro'yxatiga tayanib.

Rossiyadan chiqib ketgan brendlarning "parallel importi" o'rniga do'konlar javonlarini mahalliy kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari bilan to'ldirish kerak, deya umid qilmoqda vazirlik. Uning hisob-kitoblariga ko'ra, rossiyalik ishlab chi...