Tashkent, May 30 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev Muborak Qurbon hayitini nishonlash to'g'risidagi qarorni imzoladi.

Qarorga ko'ra, 2025 yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun - juma kuniga to'g'ri kelishi to'g'risida O'zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilinib, mamlakatda 6 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Aholining Qurbon hayiti bayramini munosib o'tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2025 yil 7 iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo'yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekist...