Tashkent, May 24 -- Astronomlar Quyosh tizimining tashqi qismida, xususan Neptun ortida, xususiyatlari bo'yicha mitti sayyoraga o'xshash jismni aniqladi. Bu haqda New Scientist nashri xabar berdi.

Jism 2017 OF201 belgisini olgan va uning cho'zilgan orbitasi Oort bulutining ichki qismigacha yetib boradi. Bu esa to'qqizinchi sayyoraning mavjudligini shubha ostiga qo'ymoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2025-yil holatiga ko'ra, astronomlar besh mingdan ortiq transneptun deb ataladigan jismlarni aniqlagan. Bular Quyoshgacha bo'lgan o'rtacha masofasi Neptunnikidan (30,1 astronomik birlik) kattaroq bo'lgan osmon jismlaridir. Ularning eng mashhur vakili 1930-yilda Koyper kamarida kashf etilgan Plutondir. Bu Neptun orbitasidan tashqaridagi ko'plab muz ...