Tashkent, May 1 -- 2025-yilning I choragida 12 746 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o'tkazilgan quyosh energiyasi uchun 8 mlrd 147 mln so'm davlat budjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

- Xorazm viloyati - 2,6 mlrd so'm;

- Qoraqalpog'iston Respublikasi - 1,1 mlrd so'm;

- Toshkent shahri - 585 mln so'm.

Eslatib o'tamiz, 2023-yil 1-apreldan "Quyoshli xonadon" dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o'rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so'mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Published by HT Digital Content Services with permissi...