Tashkent, June 26 -- Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi 1-iyuldan O'zbekistonda joriy etiladigan eskrou tizimi yangi uy-joylar narxini keskin oshirishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda AOKAda o'tkazilgan brifingda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma'lum qildi.

Usmonov tizim ulushli qurilish ishtirokchilarining huquqlari, uy-joy sotib oluvchilarning pullari kafolatli himoyalanishini qayd etdi.

Ulush kiritish faqat notarial tasdiqlangan va kadastr ro'yxatidan o'tkazilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Kadastr rasmiylashtiriluvi ulushdor, ya'ni sotib oluvchiga talab qilish huquqini beradi.

Qurilish vazirligi matbuot xizmati rahbari eskrou tizimi qanday ishlashini tushuntirdi. Endilikda, hali b...