Tashkent, June 18 -- Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov 9-iyun kuni ko'p qavatli uylar majburan boshqaruv kompaniyalariga berilayotgani bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.

So'nggi yillarda Toshkentda ko'p qavatli uylarni boshqarish shaklining uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan (UJMSh) boshqaruv kompaniyalariga (BK) ommaviy o'zgarishi yuz berdi. Bu qishda jarayon yana davom etdi va bu yana aholi o'rtasida jiddiy norozilik keltirib chiqardi. Ular qonun buzilishlari, hukumat amaldorlari tomonidan bosimlar, mulkdorlarning roziligisiz va hatto ishtirokisiz o'tayotgan o'tish jarayoni shaffof emasligidan shikoyat qilib, xizmat ko'rsatish sifati yomonlashishidan qo'rqmoqda.

Aprel oyi oxirida avvalgi murojaatlar hech q...