Tashkent, April 16 -- "Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Prezident Farmoni (PF-66-son, 14.04.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, quyidagilar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini (Inspeksiya) mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida shakllantirish;

- qurilish, ko'p kvartirali uylarni boshqarish hamda ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida nazorat funksiyalarini to'liq raqamlashtirish;

- xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladigan nazorat...