Tashkent, May 15 -- Qozog'istonda majburiy nikoh uchun jinoiy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakat parlamentining deputati Murat Abenov ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, so'nggi uch yil ichida Qozog'istonda turmush qurishga majburlangan shaxslardan 214 ta murojaat tushgan. Ulardan faqat 10 nafari sudga yetib borgan. Yuzlab jinoiy ishlar shunchaki yopilib ketgan.

Parlament a'zolari tomonidan yaqin vaqt ichida Majlisda ko'rib chiqiladigan tuzatishlar ishlab chiqildi. Ular Qozog'istonda "qiz o'g'irlash" uchun jazo joriy etilishini taklif qilmoqda. Rasmiy ravishda u "majburiy nikoh" deb nomlanadi.

Uning so'zlariga ko'ra, norma joriy yilning oxirigacha kuchga kirishi mumkin.

2025 yilning fevral oyida Murat Aben...