Tashkent, May 7 -- 7 may kuni Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 80 yilligi, shuningdek, 7 may - "Vatan himoyachilari" kuni sharafiga Qozog'istonning Ostona shahrida harbiy parad bo'lib o'tdi. Bu haqda "Tengrinews" xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu parad mamlakatda 2017 yildan beri birinchi marta bo'lib o'tgan.

Tadbir Mustaqillik maydonida minglab tomoshabinlar, jumladan, Prezident Qosim-Jomart To'qayev boshchiligidagi respublika rahbariyati, xorijiy mehmonlar, shuningdek, faxriylar va front orti mehnatkashlari ishtirokida bo'lib o'tgan.

Qozog'iston Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, paradda to'rt mingdan ortiq kishi, 200 dan ortiq maxsus va jangovar texnika hamda turli rusumdagi 66 ta uchish apparati ishtirok etgan.

Par...