Tashkent, May 25 -- Qozog'istonning Mang'istov viloyati Fort-Shevchenko shahridan Kaspiy dengizi sohillariga chiqarib tashlangan 117 ta tyulen jasadi topildi. Bu haqda mamlakat Qishloq xo'jaligi vazirligi Baliqchilik qo'mitasi xabar berdi.
Ural-Kaspiy baliqchilik xo'jaligi inspeksiyasi reyd davomida 117 ta tyulen jasadini aniqladi. Jasadlarning chiriganlik holatidan kelib chiqiladigan bo'lsa, tyulenlar o'tgan yilning noyabr-dekabr oylarida nobud bo'lgan, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tegishli organlar xodimlari dengiz qirg'og'idan 5 kilometr uzoqlikda yotgan tyulenlar jasadini to'plab, sanitariya normalariga rioya qilgan holda ularni poligonda yo'q qilgan.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.