Tashkent, May 29 -- Rossiyaning Moskva shahrida Qozog'iston hududida juda katta miqdordagi firibgarlikda gumonlanayotgan O'zbekiston fuqarosi qo'lga olindi. Bu haqda Qozog'iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Xabarga ko'ra, Qozog'iston kriminal politsiyasi xodimlari Rossiyadagi hamkasblari bilan hamkorlikda Moskvaning markazida 2012 yildan beri xalqaro qidiruvda bo'lgan O'zbekiston fuqarosini ushlashga muvaffaq bo'lgan.
Qayd etilishicha, Qozog'iston Ichki ishlar vazirligining so'roviga binoan Rossiya tomoni gumonlanuvchini ekstraditsiya qilish to'g'risida qaror qabul qilgan. Ayni paytda u bilan Qozog'iston huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishlamoqda.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzRepo...
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.