Tashkent, June 23 -- 22 iyun kuni Qoraqalpog'iston xalq yozuvchisi Gulaysha Yesemuratova 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Gulaysha Yesemuratova 1930 yil 10 yanvarda Qoraqalpog'iston Respublikasining Chimboy tumanida tug'ilgan.

1951 yili Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tugatgach, shu yildan boshlab yoshlar gazetasida (hozirgi "Qaraqalpaqstan jaslari") bo'lim mudiri, 1957-60 yillarda "Jetkinshek" gazetasi, 1960-90 yillarda "Amudaryo" jurnali bo'lim mudiri, 1991-2004 yilgacha "Orol qizlari" ("Aral qizlari") jurnali bosh muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Uning "Kashta" (1969), "Xolmurod chaqqon" (1971), "Jayron" (1975), "So'nggi guvohlar" (1990), "Oydek qiz" (1980), "Qizim, se...