Tashkent, May 27 -- Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o'qishda ko'rib chiqilmoqda.

Keyingi yillarda jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlashda, ularning muammolarini hal etishda jahonning rivojlangan davlatlarida yuqori samara berayotgan nizolarni sudgacha hal etishning zamonaviy yo'nalishlarini keng joriy etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Iqtisodiyotda xorijiy investorlarni jalb qilishni rag'batlantirish ham nizolarni sudgacha yoki sudning har qanday bosqichida nizolashayotgan taraflarning o'zaro kelishuvga va maqbul yechimga kelishiga erishishni ta'minlovchi mexanizmlarn...