Tashkent, May 19 -- Joriy yil 4-mart kuni qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida"gi qonuniga ko'ra, kredit rasmiylashtirish jarayonida shaxsning ishtiroki va roziligi shart qilib belgilandi. Endi fuqaro xabardor bo'lmasdan yoki ishtirok etmasdan turib, uning nomiga kredit rasmiylashtirilishiga yo'l qo'yilmaydi.

"O'zsanoatqurilishbank" ATB operasion departamenti direktori o'rinbosari Sardor Eshmurodov Qonunga kiritilgan boshqa o'zgartirish va qo'shimchalar haqida quyidagilarni so'zlab berdi:

- Qonunning qabul qilinishi fuqarolarning moliyaviy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muhim huquqiy qadam bo'ldi.

Hujjatga muvofiq, jismoniy shaxslar o'z nomlariga kredit olishni ixtiyoriy ra...