Uzbekistan, Feb. 4 -- "Qishloq xo'jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo'yicha navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF-18-son, 03.02.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, yer uchastkalarini ajratish ishlari 2025-yil 1-martgacha to'liq yakunlanadi.

Yangi tizim birinchi bosqichda 2025-yil bahorgi ekish mavsumigacha belgilangan hududlarda tuman hokimliklari tasarrufida turgan, 2025-yil va undan keyingi yillar hosili uchun paxta va g'alla ekinlarini yetishtirish nazarda tutilmagan bo'sh turgan yer uchastkalarida joriy etiladi.

Yangi tizim samaradorligini muntazam ravishda tahlil qilgan holda, zaruratga ko'ra, uni 2025-yilgi kuzgi e...