Tashkent, April 23 -- Qirg'izistondagi Russkiy dom xodimi va yana uch kishi Rossiya armiyasiga yollash bilan shug'ullanganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda Ozodlik radiosining qirg'iz xizmati xabar berdi.

Nashrning ta'kidlashicha, qo'lga olinganlarning barchasi Qirg'iziston Jinoyat kodeksining 416-moddasi (Xorij armiyasiga noqonuniy yollanish) bo'yicha gumon qilinmoqda. Jinoyat ishi Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi (MHDQ) tomonidan qo'zg'atilgan.

Sud xabarida hibsga olinganlar ismi-sharifining faqat bosh harflari ko'rsatilgan. Ozodlik radiosining ma'lum qilishicha, hibsga olinganlardan biri O'sh shahridagi Russkiy dom (Rossotrudnichestvo vakolatxonasi) xodimi Natalya Sekerina hisoblanadi. Hibsga olinganlardan yana biri - O'sh me...