Tashkent, May 12 -- Qirg'izistonda 11-may kuni harbiylar tuyaqush holatida, ya'ni qo'llari yordamisiz boshlarini polga eggani aks etgan video tarqaldi. Mazkur video ortidan favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ergeshevichga qattiq hayfsan berildi.

Videoda harbiylarga nisbatan haqoratli va kamsituvchi so'zlar ishlatilgan. Hodisa 2025-yil fevral oyida vazirlikning harbiy bo'linmalaridan birida sodir bo'lgani aniqlangan. Holat yuzasidan FVVning tegishli bo'linmalari ishtirokida xizmat tekshiruvi boshlangan.

Tekshiruv natijalariga ko'ra, yo'l qo'yilgan qonunbuzarliklarga aloqador bo'lgan mansabdor shaxslar egallab turgan lavozimidan olingan. Holat yuzasidan Qirg'iziston Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi 2-bandi va 3-qismi 1-bandi ("Qiy...